MUBORAK IEMDA MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN SPORT TURNIRI O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Muborak IEM” filialida korxona rahbariyati tashabbusi bilan sex va bo‘limlar o‘rtasida futbol, voleybol hamda stol tennisi bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.
Sport bayrami ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada o‘tkazilib, unda korxonaning turli sex va bo‘limlaridan tuzilgan jamoalar faol ishtirok etdi.
Musobaqalar davomida ishtirokchilarning jamoaviy hamjihatligi, g‘alabaga bo‘lgan intilishi, sportga bo‘lgan qiziqishi va sog‘lom raqobat muhiti yaqqol namoyon bo‘ldi. Bellashuvlar nafaqat sportchilar o‘rtasidagi mahorat sinovi, balki jamoa a’zolari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Turnir yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar hamda faol ishtirokchilar “Muborak IEM” filialining rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bunday sport tadbirlari korxona jamoasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, xodimlar o‘rtasidagi birdamlikni mustahkamlash va yurtimiz mustaqilligi bayramini munosib kutib olish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: