“O‘zbekneftgaz” intellektual olimpiadasida kuchli uchlik aniqlandi
Qadimiy Xiva shahrida “O‘zbekneftgaz” AJ tizim korxonalari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Intellektual olimpiadaning navbatdagi bosqichi — “Erudit-kvartet” bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Jamiyat tizimidagi 17 ta jamoa teran bilim, tezkor fikrlash va jamoaviy hamjihatlik borasida o‘zaro kuch sinashdi.
Ishtirokchilarga turli yo‘nalishlarda savollar taqdim etilib, jamoalarning bilim darajasi, mantiqiy fikrlashi va tezkor qaror qabul qilishi sinovdan o‘tkazildi.
Murosasiz kechgan bahslar yakunida quyidagi eng yaxshi natijalarni qayd etgan jamoalar g‘olib bo‘ldi:
🥇 I o‘rin — “UzkorGaz” jamoasi
🥈 II o‘rin — Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi jamoasi
🥉 III o‘rin — Buxoro neftni qayta ishlash zavodi jamoasi
Bunday bellashuvlar xodimlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish bilan birga, jamoada hamkorlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: