“Qashqadaryo parmalash ishlari” AJ xodimlarining murojaati kasaba uyushmalari nazoratiga olindi
2025-yil 28-iyul kuni “Qashqadaryo parmalash ishlari” AJda faoliyat yurituvchi bir guruh xodimlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari…
Davlatobod tumani elektr ta’minoti tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, sohaning rivojiga munosib hissa qo‘shgan faxriy va tajribali xodimlar uchun muborak Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik dasturxoni tashkil etildi.
Mazkur tadbirda ko‘p yillik mehnati bilan jamoada hurmat qozongan ustozlar, nafaqadagi hamda faoliyat yuritayotgan tajribali xodimlar bir davra atrofida jam bo‘lishdi. Samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar va iliq xotiralar Ramazon oqshomiga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.




Tadbir davomida soha rivojiga qo‘shilgan munosib hissalar e’tirof etilib, ustozlarning fidokorona mehnati alohida ta’kidlandi. Yoshi ulug‘ xodimlarimizning duolari, hayotiy tajribasi va maslahatlari yosh avlod uchun katta maktab ekani yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Bunday ezgu tashabbuslar jamoa birligini mustahkamlash, kattalarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: