“SIRDARYO IES” AJ: “Har kuning bo’lsin Navro’z”!

18.03.2022y. “Sirdaryo IES” AJ kasaba uyushmasi tomonidan 21 mart Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan “Har kuning bo’lsin Navro’z” shiori ostida bayram tadbiri bo`lib o`tdi. Tadbir avvalida ishchi xodimlar tomonidan yangilanish va yasharish bayramining shox taomi bo’lmish sumalak tayyorlandi.

Stansiyada o’zbek milliy taomlaridan osh va boshqa taomlar tayyorlanib, ishchi-xodimlar va uzoq yillar korxonada ishlab hozirda keksalik gashtini surayotgan nuroniy ustoz otaxonlar uchun dasturxon yozildi.

“Sirdaryo IES” АJ kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan urf-odatlar, an’ana va qadryatlarni keng namoyish etish va bayramni o’zgacha ruhda nishonlash maqsadida, sexlararo “Eng yaxshi navro’z taomlari va ezgu qadryatlar-milliy madaniyatimiz yutuqlari” shiori ostida ko’rik tanlov tashkil etildi. Ko’rik tanlovda 1-o’rinni ISTS jamoasi; 2-o’rinni 2-QTS hamda SSX jamoalari; 3-o’rinni esa faol ishtiroki uchun, barcha sex va bo’limlardan ishtirok etgan jamoalar qo’lga kiritdilar. Ko’rik tanlov g’oliblariga kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan esdalik sovg’alari ulashildi.

Navruz bayram tadbiri madaniy kechalarga ulanib ketdi. Ajoyib kuy-qo’shiqlar, badiiy chiqishlar hamda samimiy tilaklarga boy bo’lgan ushbu bayram tadbirida so’zga chiqqanlar barcha ishchi-xodimlarni Navro’z ayyomi bilan qutladi.

Bundan tashqari korxonada o’zining samarali mehnatlari orqasidan qadr topgan va 8 mart bayrami munosabati bilan “Mo’`tabar ayol” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan Gulchehra Yuldosheva ham korxona bosh derektori tomonidan munosib taqdirlandi.

 

 

Manba: «Sirdaryo IES» AJ KUQ matbuot xizmati

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email