“Navoiy HETK” AJ da 2020-2022-yillarga mo’ljallangan “Jamoa shartnomasi”ning 2021-yilda bajarilishi bo’yicha hisobot konfrensiyasi bo’lib o’tdi

 

25.03.2022y. joriy yilning 25-mart kuni “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatida 2020-2022 yillarga mo’ljallangan “Jamoa shartnomasi” ning 2021-yilda bajarilishi bo’yicha mehnat jamoasining konfrensiya yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda jamiyatning texnik masalalar bo’yicha direktori O.Rayimov hamda Kasaba uyushma qo’mitasi raisi Sh.Tursunovlarning “Jamoa shartnomasi”ning 2021 yilda bajarilishi bo’yicha hisoboti tinglanib, xodimlarni  har tamonlama qo’llab -quvvatlash, ma`naviy va ma`rifiy sog’lamlashtirish tadbirlarini o’tkazishga alohida ahamiyat qaratilganligi  tahlillar asosida qayd etildi. Anjumanda ishtirok etgan O’zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi navoiy viloyati Kengashi bo’lim boshlig’I O.Bobomurodov so’zga chiqib, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 2021 yil davomida 7 ta ustuvor yo’nalishda qator ishlar amalga oshirilganligi to’g’risida batafsil to’xtalib o’tdi.

Tadbir savol-javob ruhida davom etib, 2020-2022 yillarga mo’ljallangan “Jamoa shartnomasi” da ko’zda tutilgan tadbirlarni joriy yilda bajarilishi bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi. Konferensiya so’ngida 2021-yilda “Jamoa shartnomasi” ning bajarilishi qoniqarli deb baholandi

 

Manba: ‘Navoiy HETK» AJ KUQ matbuot xizmati

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email