Joriy yilning 18-noyabr kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Buxoro viloyati Kengashi faollar zalida Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan tarmoq tizimidagi Buxoro viloyatida joylashgan korxona va tashkilotlarning kasaba uyushmasi raislari, faollari hamda hisobchilari uchun davra suhbatі tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning joriy yil 17-oktyabr kuni kasaba uyushmalari faxriylari va faollari bilan uchrashuvi hamda “11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Prezidentimizning kasaba uyushmalari faollariga yo‘llagan tabrigi mazmun-mohiyatini, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining   IX Qurultoyida belgilangan vazifalar shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgan “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasida Markaziy Osiyoning yangi tarixiy bosqichga qadam qo‘yayotgani, mintaqada o‘zaro ishonch va hamjihatlikka tayanadigan hamkorlik modeli shakllanayotgani targ‘ib etildi. Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan targ‘ibot tadbiri savol-javob tarzda o‘tkazilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Print Friendly, PDF & Email