Respublika Kengashi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi Y.Adilova «G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi» xotin qizlari bilan uchrashdi
Joriy yilning 17 may kuni 2023 yilda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasiga muvofiq O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi – Adilova Yulduzxon Faxriddinovna «G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi» xotin-qizlari bilan uchrashib, tashkilotda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning muammolari, yaratilgan shart sharoitlarini, talab va takliflarni o‘rganib chiqdi. Ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Shu bilan bir qatorda «G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi» faollar zalida mehnatkashlar bilan uchrashuv o‘tkazib, yangilangan Konstitusiyamiz mazmun-mohiyati yuzasidan so‘z yuritildi
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: