“Uz-Kor Gas Chemical” Qo’shma korxonasida “Sport – mustahkam oilamiz poydevori!” mavzusida oilaviy spartakiada bo’lib o’tdi

30.03.2022y. 2022 yilning 30-mart kuni “Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ Qo’shma korxonasida jamiyat kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolari o’rtasida “Sport – mustahkam oilamiz poydevori” shiori ostida “Oilaviy spartakiada” bo’lib o’tdi.

Spartakiada jami 12 ta oilaviy jamoa ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko’ra:

1-o’rinni – Mexanik ta’mirlash sexi xodimi Jumanazarovning “Jumanazarovlar oilaviy jamoasi”;

2-o’rinni – Polimer skladi ishchisi Janadilovning “Janadilovlar oilaviy jamoasi”

3-o’rinni – Temir yo’llar sexi ishchisi Berdimuratovning “Berdimuratovlar oilaviy jamoasi” qo’lga kiritdi.

Bundan tashqari ushbu “Oilaviy spartakiada” musobaqasida “Eng faol oila”, “Eng chaqqon oila”, “Eng ahil oila” va “G’alabaga intilishi yuqori oila” nominatsiyalari bo’yicha ham g’oliblar aniqlanib,  korxona Kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan munosib taqdirlandi.

 

Manba:“Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ Qo’shma korxonasi KUQ matbuot xizmati

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email