JAMOA SHARTNOMASI: XODIMLAR MANFAATI VA IJTIMOIY HIMOYA USTUVOR VAZIFA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filialida ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib…
Yurtimizda Prezidentimizning tashabbuslari bilan oila va uning tayanchi bo‘lgan xotin-qizlarga yaratib berilayotgan sharoit va ko‘rsatilayotgan e’tibor barchani birdek quvontirmoqda.
Jumladan, jamiyatda hotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, ilmiy faoliyatlarga keng jalb qilish, xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatini to‘g‘ri yo‘naltirish, gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda jamiyatda mexnat qilayotgan xotin-qizlar ishtirokida bo’lib o’tgan navbatdagi yig’ilishda bir qator masalalar o’rtaga tashlandi.
Dastlab, ishtirokchilarga Prezidentimizning joriy yil 7–mart kungi Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori mazmun mohiyati tushuntirib o’tildi.


Bundan tashqari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2022 yil 20 iyuldagi ko‘rsatmasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati taqdim etgan Nizomga asosan jamiyatda xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi tugatilib, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti tuzildi.
Unga ko’ra ishtirokchilar bir ovozdan jamiyatning Iste’molchilar bilan ishlash bo’limi yetakchi muhandisi Parpiyeva Nasiba Ne’matovna boshlang‘ich tashkilot raisiligiga tayinlandi

Manba: «Farg’ona HETK» AJ KUQ matbuot xizmati
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: