«O‘ztransgaz» AJ BKUQ tomonidan mehnat faxriylari va Yoshi ulug’ yurtdoshlarimiz uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 340-sonli qarori bilan har yili noyabr’ oyi “Keksalar uchun turizm oyligi” etib belgilangan. Vazirlar Mahkamasida joriy yilning 27-oktyabrda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasida Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib e’tibor qaratish va mamlakat bo‘ylab sayohat qilishlarini rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan holda joriy yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi”ni yuqori saviyada o‘tkazish belgilangan.
«O‘ztransgaz» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi «O‘ztransgaz» AJ tizimida ko‘p yillar mehnat qilib hozirda keksalik gashtini surayotgan mehnat faxriylaridan 10 nafari va Toshkent shahar, Yashnaobod tumanining «O‘ztransgaz» AJga biriktirilgan “Yashnaobod” va “Navro‘zobod” MFYlarida yashovchi yoshi ulug‘ yurtdoshlarimiz bilan 20 kishi uchun Samarqand shahriga sayohat tashkillashtirdi. Safar davomida ular tarixiy obidalarni, jumladan, Go‘ri Amir maqbarasi, Bibi xonim muzeyi, Registon, Shoxi-Zinda majmualari, Islom Karimov maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi kabi diqqatga sazovor joylari ziyorat qildilar.
Dasturxon atrofidagi suhbatlarda yurtimizda yashab o‘tgan allomalar, olimu fuzalolar hamda Mustaqillik davrida yaratilgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘z bordi. Nuroniylar sayohatdan mamnunlik bildirib, yurt tinchligi, xalqimiz farovonligi va jamiyatimiz ravnaqi uchun ezgu tilaklar bildirib duoga qo‘l ochdilar.
Manba: «O‘ztransgaz» AJ BKUQ matbuot xizmati
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengshi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: