“3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni”

“O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida”gi Qonun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992 yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli qaroriga asosan har yili “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” sifatida respublikamizda keng nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinadi. 

Butun dunyo aholisining 1 milliarddan ortig’ida nogironlik mavjud. Bu ko’rsatkich o’zbekistonda 1 millionni tashkil etadi. Barcha nogironlarning 100 milliondan ortig’ini bolalar tashkil etadi. Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsadlardan biri butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo’lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini taminlab, barcha uchun ochiq va do’stona bo’lgan jamiyat qurishdan iboratdir.

Shu munosabat bilan «O‘zbekgeofizika» AJ «Buxoro geofizika ekspedisiyasi» filiali rahbariyati, Kasaba uyuushmasi qo‘mitasi va «Geofizika» mahallasi raisi bilan birgalikda “Geofizika” mahallasida istiqomad qilayotgan nogironligi bo‘lgan fuqarolarning holidan xabar olindi.  

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email