“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”
BMT Bosh Assambleyasining 1999 yil 17 dekabrdagi rezolyusiyasi bilan 25 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni, sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” mavzusi ostida turli tadbirlar o‘tkaziladi.
Oilaviy kelishmovchiliklar, mexnat jamoalarda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik hozirgi kundagi dolzarb muammolardan biri bo‘lib, unga yechim topish hamda huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan 2-dekabr kuni “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasiga doir tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni – Adilova Yulduzxon Faxriddinovna – O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rais maslaxatchisi ochib berdi va o‘z ma’ruzasida mexnat jamoalarida ayollarga nisbatan zo‘ravonlik bu-jins belgisiga asoslangan jismoniy yoki psixologik zararga olib keladigan yoki ayollarga aziyat yetkazadigan eng keng tarqalgan muammolardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shu borada kasaba uyushmalari tashkilotlari o‘z obrusi, so‘zi va nufuzi yordamida mexnat jamoalarida zo‘ravonliklarga toqatsiz muhitni yaratishda o’z xissalarini va yordamlarini ayamasligini ta’kidladi.
Mamlakatimizda ham keyingi vaqtlarda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni ta’minlash, onalik va bolalikni himoya qilish, ularga yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish borasida kengqamrovli ishlar olib borilmoqda. Bu haqida Oila va xotin qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila-va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Saydivalieva Xurshida Xadjakbarovna so‘zga chiqdilar.
Ushbu aksiyaga doir, tadbir davomida Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish markazi Toshkent shahar hududiy bo’limidan taklif qilingan psixolog Mirxodjaeva Munojat Abdusaitovna tomonidan trening ham o‘tkazildi. Ishtirokchilarga stress, depressiya kabi psixologik holatlarni bartaraf etish choralari, tushkunlikka moyillik, autogen mashqlar, meditasiya holatlari, ong ostida qolgan salbiy hissiyotlardan xalos bo‘lish, kechirimlilik kabi holatlar mashqlar orqali yoritib berildi.
Tadbir oxirida barcha ishtirokchilar kofe-breykka taklif qilindi.
Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash hamda mexnat jamoalaridagi ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning asosini tashkil qiladi.
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: