“Farg’ona IEM” AJ ishchi-xodimlar farzandlari uchun yangi yil shukuhi davom etmoqda!!!

“Farg’ona IEM” Aksiyadorlik Jamiyati hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan korxonaning ishchi xodimlar farzandlari uchun “Islom Karimov” nomidagi Farg’ona viloyat teatrida Farg‘ona viloyati Qo’g’irchoq teatri jamoasining “YANGI YIL ERTAGI” nomli teatrlashgan tomosha dasturi tashkil etildi.

Tadbir davomida bolajonlarga ertak qahramonlaridan iborat saxnalashtirilgan yangi yil ertagi namoyish etildi. Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad bolajonlarga bayramona kayfiyat ulushishdan iboratdir.

Manba: “Farg’ona IEM” AJ KUQ matbuot xizmati

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email