O‘zbekiston energetika, neft gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi va tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qashkadaryo viloyat kengashi vakillari tomonidan “Xududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo xududiy filiali kasaba uyushma tashkilotining faoliyati o‘rganildi.

O‘zbekiston energetika, neft gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining bo‘lim boshlig‘i Sobirjon Egamberdiev va tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Kashkadaryo viloyat kengashi raisi Akbar Yusupovlar ishtirokida “Xududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo xududiy filialining kasaba uyushma tashkilotining faoliyati o‘rganildi.

Bugungi kunda “Xududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo xududiy filialida 2389 nafar mutaxassis, xodimlar mehnat qilib keladi. Ularning 247 nafarini xotin qizlar tashkil qiladi.

       “Xududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo xududiy filialida 2022 – yil davomida mehnatni muhofaza qilish ishlari bo‘yicha ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, Mehnat Kodeksi, jamoa shartnomasi hamda tasdiqlangan tashkiliy – texnik tadbirlar va boshqa me’yoriy xujjatlarga muvofiq amalga oshirilgan.

Yil boshida mehnatni muhofaza qilishga doir barcha buyruqlar qayta ko‘rib chiqilib ishchi – xodimlar, rahbar muxandislarga mehnat muhofazasi bo‘yicha texnik mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomalar qilib berilgan va mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazilgan. Ishchi – xodimlar uchun mehnat muhofazasi va hafsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi. Mehnat muhofazasi jamoatchi vakillari saylangan.

Barcha TETK, ShETK va xizmat bo‘limlariga mehnatni muhofaza qilish bitimida ko‘zda tutilgan chora – tadbirlarni amalga oshirish uchun maxsus kiyim bosh, poyafzal va himoya vositalari olib berish maqsadida 18166456,0 so‘mlik shaxsiy himoya vositalari olib berilgan. Barcha xodimlar 2020 – 2022 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining imtiyozlaridan foydalanib kelmoqdalar.

Jamiyatga qarashli “Nurafshon” bolalar oromgohida 2022 – yil mavsumida 900 nafarga yaqin bolalar dam oldirildi. 2022 – yilda xodimlarning arizalariga asosan 62 nafar ishchi – xodim va 39 nafar ularning oila a’zolari sanatoriyalarda dam oldirildi.

Yil davomida bayramlar arafasida jamiyatda uzoq yillar davomida mehnat qilib hozirgi kunda nafaqaga chiqqan pensionerlar xolidan xabar olinib ularga sayohatlar uchrashuvlar tashkil etib borildi.

Ish rejaga asosan ishchi – xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari va sayoxatlar tashkil etib kelingan. Xodimlarning oylik maoshlarida qarzdorlik mavjud emas.

Hozirgi kunda yurtimizga anomal sovuq ob – havo kirib keliganligi sababli Jamiyatimizning barcha TETK, ShETK va xizmat bo‘limlarida mehnat qilayotgan ishchi – xodim va brigadalar uchun termos, kiyim bosh va issiq – ovqatlar tashkil etildi. “Xududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo xududiy filialining buyrug‘iga asosan sovuq ob – havoda jonkuyarlik ko‘rsatgan ishchi – xodimlar pul mukofoti bilan rag‘batlantirilib kelinyapti.

Shuningdek Qarshi shahar elektr ta’minoti korxonasi ish faoliyati o‘rganilib, u yerda xizmat qilayotgan ishchi – xodimlar bilan suhbatlashilganda rahbariyat va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan barcha shart – sharoitlar yaratib berilganligi kuniga ikki mahal issiq ovqat tashkil qilib berilayotganligi kerakli himoya vositalari va texnkalar bilan ta’minlanganini ma’lum qilindi.

Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgan. Ishchi – xodimlarni 2023 – yilda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, maxsus kiyim bosh poyafzal va oyoq kiyimlarni ko‘paytirish maqsadga muvofiqligi belgilandi. Mehnat muhofazasi jamoatchi vakillar o‘quvi tashkil etish ko‘rsatib o‘tildi. Ish rejada ko‘rsatilan ba’zi masalalar kasaba uyushma qo‘mitasi yig‘ilishlarida muhokama etilmagan. 2022 – 2023 yilda tuzilgan jamoa shartnomasining bajarilishi o‘rganilganda belgilangan majburiyatlar 90 foizga bajarilgan. 2023 yilda yangi qabul qilinayotgan jamoa shartnomasiga qonunchilikda yangi qabul qilingan o‘zgartirishlarni kiritish tavsiyasi berildi.

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email