Xorazm viloyatiga Sayoxat tashkil qilindi

«HET»АJ Jizzax hududiy filiali kasaba uyushma qo’mitasi va xotin-qizlar masalalari bo’yicha komissiyasi tomonidan korxonada ishlab kelayotgan 15 nafar xodimlar ishtirokida Xorazm viloyatiga sayoxat uyushtirildi. Sayoxatchilar «Jizzax-Urganch» va «Urganch jizzax» yo’nalishi bo’yicha «Sharq» poyezdida sayohatga borib kelishdi. Mehmonxonalarda joylar ajratilib, ro’zadorlarga saharlik va iftorlik qilishlari uchun sharoitlar yaratildi. Sayohatchilar dastlab Urganch shahri bo’ylab sayohat qildilar. Sayohatning ikkinchi kunida Xiva shahrini, Jaloliddin Manguberdi majmuasi hamda «Oq masjid» ziyoratgohlarida bo’ldilar.

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email