Toshkent IEM filialida “Bolalarga bering dunyoni” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Toshkent IEM filialida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Bolalarga bering dunyoni” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda ishchi-xodimlarning farzandlari ishtirokida animatorlar va qiziqarli interaktiv o‘yinlar tashkil etildi.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkil qilingan tadbirda 12 yoshgacha bo‘lgan bolajonlar ishtirok etishdi. Bayram yakunida bolajonlar uchun bayram dasturxoni yozildi.

Manba:»IES» AJ BKUQ

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email