MAKTABGA ILK QADAM — KATTA ORZULAR BOSHLANISHI
📍“Muborak IEM” filialida korxona ishchi-xodimlarining joriy yilda birinchi sinfga qadam qo‘yayotgan farzandlariga alohida e’tibor ko‘rsatilib,…
Joriy yilning 9 – 13 Oktyabr kunlari Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashining Malaka oshirish institutida tassarufidagi boshlangʻich tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan 26 nafar mehnat muxofazasi boʻyicha kasaba uyushmalarining jamoatchi vakillari uchun 5 kunlik oʻquv tashkil etildi.

Oʻquvda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi boʻlim mudirlari, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi xodimlari mehnat muxofazasi va huquq yoʻnalishida xodimlarga oʻquvlar oʻtkazishdi.



Oʻquv ishtrokchilarini vaqtlarini maroqli oʻtkazish maqsadida Respublika kengashi tomonidan Oʻzbeksiton Milliy akademik drama teatriga hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasiga tashrifi tashkil etildi.

O‘quv so‘ngida ishtirokchilar o’zlashtirgan bilimlari yuzasidan test sinovini topshirdilar va muvaffaqqiyatli topshirganlarga malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikat topshirildi.



O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: