«Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi» doirasida o‘quv taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi
Elektromontyor kasbi xavfli kasblar safiga kiradi, chunki elektr toki va kuchlanish bilan bog’liq ish jarayonida birgina xato natijasida inson bir umrlik jarohat yoki nogiron bo‘lib qolishi mumkin.
Bunday holatlarning oldini olish maqsadida, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Namangan hududiy filialining barcha tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalarida hamda alohida xizmat yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan xodimlari tomonidan «Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi» doirasida ish jarayonlarida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar va ulardan saqlanish bo‘yicha bir qator o‘quv seminar va taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Manba: «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ KUQ
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: