Hashar – elga yarashar!
Joriy yilning 24-25-avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 534-F-son farmoyishiga asosan, “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari boʻlib oʻtdi.
24-avgust kuni O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi apparati xodimlari ham Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ishchi-xodimlari bilan birgalikda poytaxtimizning Kichik halqa yoʻli va Taraqqiyot koʻchalariga tutash ulkan yashil hududni tozalash hamda obodonlashtirish ishlarida jonbozlik koʻrsatdilar.
Bu yerdagi maydon supurilib, xas-xashaklar, turli hajmdagi toshlar va axlatdan tozalandi. Yigʻilgan chiqindilar hududdan chiqarib tashlandi. Daraxtlarga shakl berilib, oqlandi, qurib qolgan shoxlari arralab olib tashlandi. Yoʻl chetida ariq ochilib, uning ikki tarafiga anvoyi gullar ekildi.
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: