“TOP-10 KITOBLAR” LOYIHASI BO‘YICHA TARG‘IBOT ISHLARI O‘TKAZILDI
🏛 Geologiya fanlari universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mas’ullari ishtirokida Talabalar turar joyida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
👨🎓 Tadbir davomida kurslar kesimida barcha talaba-yoshlarga:
- “Top-10 kitoblar” loyihasining mazmun-mohiyati
- tanlovning maqsad va vazifalari
- ishtirok etish tartibi va baholash mezonlari
batafsil tushuntirib berildi.
📖 Shuningdek, talabalarga tavsiya etilgan kitoblar ro‘yxati bilan tanishtirilib, ularni mutolaa qilishga keng targ‘ib etildi.
💡 Ushbu loyiha yoshlarning bilim saviyasini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ularni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: