

Ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimiga kiruvchi korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, jarohatlanishlarning oldini olish va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur maqsadda, “Yangi-Angren IES” AJda “Ishlab chiqarish jarayonlarida jarohatlanishlarning oldini olish va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazilmoqda.

Seminar doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha keng qamrovli ma’ruzalar va muhokamalar olib borildi:
Mehnatni muhofaza qilish, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi sohalarida amal qilayotgan qonunchilik asoslari hamda huquqiy-me’yoriy hujjatlar talabi;
Bexatar ish sharoitlarini tashkil etish, baxtsiz hodisalar va jarohatlanishlarning oldini olish bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish jamoatchilik vakillarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish;
Mehnat intizomini mustahkamlash va xodimlar bilan ishlash jarayonlarini me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etishda rahbar xodimlarning mas’uliyatini oshirish;
Ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish, shuningdek, tizim korxonalari o‘rtasida o‘zaro fikr almashinuvini ta’minlash.
O‘quv-amaliy seminarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Boshqaruvi a’zolari hamda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi xodimi S.Saidmaxmudov taklif etilgan. Ularning amaliy tavsiyalari ishtirokchilar tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda.
Seminar ishtirokchilari tomonidan olingan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotga tatbiq etish, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, barcha toifadagi xodimlar malakasini oshirish seminarning asosiy maqsadlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.
Kunning ikkinchi yarmida, ishtirokchilar ishtirokida seminarning amaliy qismi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Manba: “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ BKUQ
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: