«Hududgaz Namangan» gaz taʼminoti filiali direktori kubogi – 2026 musobaqasining g‘oliblari aniqlandi.

Joriy yilning 30-aprel kuni “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali va uning hududiy bo‘limlari ishchi-xodimlari va yoshlari o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi.

⏱️ “Basketbol 3×3″ bo‘yicha «Hududgaz Namangan» GTF direktori kubogi–2026” viloyat birinchiligi musobaqasi katta shukuh va g‘ayrat bilan o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇 “Uychi gaz to’ldirish stansiyasi” jamoasi faxrli 1-o‘rinni,

🥈 “Pop tumangaz” GTB jamoasi ikkinchi o‘rinni,

🥉 “Kosonsoy tumangaz” GTF jamoasi esa uchinchi o‘rinni egallab, musobaqaning g‘olib va sovrindorlariga aylandi.

🏆G‘olib va sovrindor jamoalar filial boshlang’ich kasaba uyushmasi tomonidan estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🏆Bunday musobaqalar xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy ruhni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Print Friendly, PDF & Email