Joriy yilning 18-noyabr kuni O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning joriy yil 17-oktyabr kuni kasaba uyushmalari faxriylari va faollari bilan uchrashuvi hamda “11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Prezidentimizning kasaba uyushmalari faollariga yo‘llagan tabrigi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyida belgilangan vazifalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgan “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasini mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik vakillariga yetkazish maqsadida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi Davlat geologiya muzeyi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Print Friendly, PDF & Email