“O‘ztransgaz” AJ da O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni va kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligiga bag‘ishlangan “Zamonaviy quvnoq startlar” bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni hamda mamlakatimizda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan “O‘ztransgaz” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi apparat xodimlari uchun “Zamonaviy quvnoq startlar” nomli sport tadbirini tashkil etdi.
Tadbirning maqsadi — korporativ ruhni mustahkamlash, jamoaviy hamkorlikni rivojlantirish va xodimlar o‘rtasidagi birdamlikni oshirishdan iborat. Do‘stona va faol muhitda jamolar turli sport musobaqalarida qatnashib, chaqqonlik, bardoshlilik va jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Musobaqalar yakuniga ko‘ra g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi, barcha ishtirokchilar esa yuqori kayfiyat va ijobiy taassurotlar oldilar.
Bunday tadbirlar xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga va jamoada qulay mehnat muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email