Oʻzbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda “11 noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Urganchtransgaz” UKda madaniy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.


Tarmoq kasaba uyushmasi Respiblika Kengashi raisining xalqaro aloqalar boʻyicha maslahatchisi S.Egamberdiyev, “Kazenergoprofsoyuz” jamoat birlashmasi raisi Orazbek Bekbas ishtirok etdi.
Mehnat faxriylari va korxona jamoasi bilan oʻtkazilgan uchrashuv davomida 17 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvdagi maʼruzasi batafsil muhokama qilindi. Davlat rahbari tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, tadbir davomida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyaning IX Qurultoyidagi maʼruzasining asosiy jihatlari ham ishtirokchilarga yetkazildi.
Tadbirda sohaning rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan kasaba uyushmasi faollari faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Tadbir yakunida mehmonlar uchun korxona hamda oʻquv markaziga ekskursiya tashkil etildi.

Print Friendly, PDF & Email