Toshkent IEM xodimlari Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldilar
Xodimlarning madaniy va ma’rifiy bilimlarini oshirish, shuningdek, tarixga boy o‘tmishimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Toshkent…
🔍 Geologiya fanlari universitetida atoqli jadid namoyandasi, shoir, yozuvchi, tilshunos, adabiyotshunos, tarixchi, faylasuf, san’atshunos va jamoat arbobi Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligi munosabati bilan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
✉️ Jumladan, universitetda: insholar tanlovi, kitobxonlik tanlovlari, “Kelajak soatlari” doirasidagi ma’naviy darslar o‘tkazilib, talaba-yoshlarga buyuk allomaning boy ilmiy va adabiy merosi keng targ‘ib qilindi.
🔰 Tadbirlar davomida Abdurauf Fitratning “Oila” asari alohida e’tiborga olinib, undagi oila, tarbiya, ma’naviyat va jamiyat taraqqiyotiga oid dolzarb g‘oyalar chuqur tahlil qilindi. Talabalar ushbu asar orqali milliy qadriyatlar va ma’rifatparvarlik ruhini yanada teran anglash imkoniga ega bo‘ldilar.







Spelling error report
The following text will be sent to our editors: