«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Jizzax hududiy filiali tomonidan muborak Ramazon oyi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy va xayriya tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir doirasida hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi.

Energetiklar jamoasi ehtiyojmand xonadonlarga kundalik turmush uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamini yetkazib berishdi. Bunday ezgu tashabbuslardan ko‘zlangan asosiy maqsad — jamiyatimizda hamjihatlik muhitini mustahkamlash va
ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarga quvonch ulashishdir.

«HET» AJ Jizzax hududiy filiali bu kabi xayrli amallarni tizimli ravishda davom ettirishni maqsad qilgan.

Print Friendly, PDF & Email