“Hududgaz Jizzax” GTF tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun Jizzax shahridagi tarixiy va madaniy maskanlarga sayohat tashkil etildi. Ana shunday manzillardan biri — “Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim” muzeyi bo‘ldi.

Mazkur ekskursiya xotin-qizlarimizning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni milliy adabiyotimizning buyuk namoyandalari hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida uyushtirildi. Muzeyda ishtirokchilar o‘zbek adabiyotining yirik vakillari — shoir Hamid Olimjon hamda sevimli shoiramiz Zulfiyaxonimning hayoti, ijodiy faoliyati va boy adabiy merosi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Ekskursiya davomida muzeyda saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalar, shaxsiy buyumlar, tarixiy fotosuratlar hamda adiblarning ijodiga oid eksponatlar xotin-qizlarda katta taassurot qoldirdi.

Print Friendly, PDF & Email