To‘raqo‘rg‘on IES, Angren IES hamda “O‘zenergosozlash” MChJ korxonalarida “Ayolga ehtirom” shiori ostida “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Korxonalar ma’muriyati, kasaba uyushmasi qo‘mitalari hamda faollar tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirlarga korxonalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar hamda nafaqadagi ayollar taklif qilindilar. 

Bayram arafasida korxonalar erkaklari mo‘tabar va munis ayollarni umumxalq bayrami bilan qizg‘in tabrikladilar, ularga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik tilash bilan birgalikda, yurtimizda doimo tinchlik-xotirjamlik hukm surishi, ayollarning mamlakatimiz ravnaqi yo‘lidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlarga erishish borasida ezgu tilaklar bildirildi.  

Bayram munosabati bilan  ayollarga turfa gullar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Bayram arafasida ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘oliblari va sovrindorlari kasaba uyushmasi qo‘mitalarining esdalik sovg‘alari bilan ham taqdirlandilar. 

Print Friendly, PDF & Email