“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filialida rahbariyat va yoshlar ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida filial direktori S.M. Beregin jamiyatda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan samimiy suhbat olib bordi. Muloqotda yoshlarning kasbiy rivoji, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, mehnat faoliyatidagi muhim masalalar hamda jamiyatda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari keng muhokama qilindi.

Ochiq va erkin ruhda o‘tgan tadbirda yoshlar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Shu bilan birga yoshlarni takliflarini amalga oshirish chorlarini ko’rish maqsadida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda jamoada yanada samarali va sog‘lom muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email