Xalqimizning ko‘p asrlik tarixini, an’ana va urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan milliy liboslarimiz bugun nafaqat ko‘rk, balki milliy o‘zligimiz timsoliga aylangan.

Yurtimizda e’lon qilingan «Milliy liboslar kuni» munosabati bilan «Hududgaz Jizzax» gaz ta’minoti filiali jamoasi ham ushbu xayrli tashabbusga munosib hissa qo‘shmoqda. Har hafta juma kuni tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar ish joyiga milliy kolorit aks etgan liboslarda tashrif buyurib, o‘ziga xos bayramona muhit yaratmoqdalar.

Bu kabi tadbirlar jamoada vatanparvarlik ruhini kuchaytirish hamda boy madaniy merosimizni keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email