Bolalar oromgohlarida 5 ta tashabbus amalda!

“Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” Aksiyadorlik jamiyati Kasaba uyushma qo’mitasi korxonaga qarashli “Nurafshon” bolalar sog’lomlashtirish oromgohining 2019 yil yozgi dam olish mavsumi 4-iyundan 3-avgustgacha davom etdi.

Oromgohda I-mavsumda 192 nafar bola, II-mavsumda 235 nafar bola, III-mavsumda 255 nafar bola dam oldi va IV-mavsumda 234 nafar bola jami: 916 nafar bola dam olib, ota-onalari bag’riga sog’-salomat qaytishdi.

Shundan 2019 yilda yozgi mavsumda dam olgan bolalardan 743 nafari “Qashqadaryo HET” AJ ishchi hodimlarining farzandlaridir. Bolalarni sog’lomlashtirish uchun jami 263 822.2 ming so’m mablag’ sarflandi.

2019-yil «Nurafshon» bolalar sog’lomlashtirish oromgohida ta’tilsevar bolajonlar bilan bi  rgalikda oromgohda    5-iyundan  2-avgustga qadar  «5 ta tashabbus 5 ta imkoniyat» shiori ostida ma’naviy-marifiy tadbirlar bulib õtdi. 1-iyun «Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni»ga bag’ishlab, «Sen buyuk yurt farzandisan, bolasisan  O’zbekistonni» shiori ostida ma’naviy-marifiy tadbir bõlib õtdi. Oromgohda õndan ortiq «Imkon shou», «Boriga baraka», «Real xit», «O’yla izla top», «Mening tarbiyachim general», «Bir yigitga qirq hunar oz», «Zulfiyaxonim izdoshlari», «Anzirat buvim maktabidan olgan saboqlarim» kabi kõrik tanlovlari bõlib õtdi. Sport musobaqalaridan esa «Bolajon sport jamoalari» va «Yoshlik sport jamoalari» õrtasida «Yana ham balandroq, yana ham tezroq harakat qil» shiori ostida, sportning «Futbol», «Basketbol», «Valeybol», «Quvnoq startlar», «Estafetali yugurish», «Shashka», «Shaxmat», «Stol tennisi», «Arqon tortish» kabi musoboqalari bõlib õtdi. Ta’tilsevar bolajonlar bilan birgalikda esa «Eng kitobxon dam oluvchi», «Eng sherxon dam oluvchi», «Men sevgan shoir», «Mening sevimli yozuvchim», «Insholar kõrik tanlovi», «Rasmlar kõrik tanlovi», «Xaykaltaroshlik» kabi kõrik tanlovlari õtkazildi. Mustaqilligimizning 28 yilligiga bağishlab «Jonajon Õzbekistonim mangu böl omon» shiori ostida «Yoshlar bugun tayanchimiz, ertaga suyanchimizdir» «Mustaqillik -buyuk ne’mat» shiori ostida insholar, qõshiqlar kõrik tanlovlari bulib õtdi.

 

“Qashqadaryo HET” AJ Kasaba uyushmasi qo’mitasi

Print Friendly, PDF & Email