“Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filialida mehnat jamoasi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
🏢 Hududgaz Jizzax gaz taʼminoti filiali maʼmuriyati hamda Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan Hududgaztaʼminot…
Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali rahbariyati va Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan jamiyat tarkibidagi shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalarida mehnat qilayotgan ehtiyojmand xodimlarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Ushbu xayrli tashabbus muqaddas oyda mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik kabi ezgu fazilatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Zero, Ramazon — qalblarni poklaydigan, insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradigan, hamjihatlik va bag‘rikenglikni kuchaytiradigan muborak oy hisoblanadi.
Jamiyat tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik ehtiyojmand xodimlar hamda ularning oila a’zolariga quvonch va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda. Bu esa jamoada o‘zaro hurmat va birdamlik muhitini yanada mustahkamlaydi.






Spelling error report
The following text will be sent to our editors: