“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda ishchi-xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarka davomida jahon va o‘zbek adabiyotidagi turli janrdagi badiiy va ilmiy adabiyotlar, bestsellerlar namoyish etilib, ishtirokchilarga o‘zlari qiziqqan kitoblarni xarid qilish imkoniyati yaratildi.

Kitobsevarlar uchun bu nafaqat yangi asarlar bilan tanishish, balki o‘zaro fikr almashish uchun ham muhim maydonga aylandi.

Print Friendly, PDF & Email