Sirdaryo IES kasaba uyushma qomitasi tashabbusi bilan ishchi-xodimlarni bosh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ichki turizimni yanada rivojlantirish maqsadida, “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” bosh gʻoyasi ostida qadimiy va navqiron Buxoro shaxriga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida Abdulxoliq G‘ijdivoniy, Orif Revgariy, Maxmud Anjir Fag‘naviy, Ali Romitaniy, Muhammad Boboyi Samosiy, Sayid Amir Kulol, Bahovuddin Naqshband maqbaralari ziyorat qilindi. Ark, Buxoro amiri Amir Olimxon saroylari, shuningdek Minorai Kalon, Labi-hovuz va boshqa tarixiy obidalar tanishtirilib, batafsil ma’lumotlar berildi.

Print Friendly, PDF & Email