Joriy yilning 30-aprel kuni Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan viloyat Kasbiy ko‘nikmalar markazida “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

✍️Tadbir doirasida davra suhbati, ko’rgazma, tarmoqlar tizimidagi ishchi-xodimlar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Yakuniy qismda mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan o‘tkazilgan respublika ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyat bosqichi natijalari e’lon qilindi.

🗣Natijalarga ko‘ra Buxoro NQIZ jamoasi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha faxrli o‘rinlarni egalladi:

🥇 Mehnat muhofazasi va xavfsizligi holati bo‘yicha eng yaxshi korxona nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 1-o‘rin;
🥇 Mehnat muhofazasi va xavfsizligi holati bo‘yicha eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 1-o‘rin;
🥈 Mehnat muhofazasi va xavfsizligi holati bo‘yicha eng yaxshi mutaxassis nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 2-o‘rin.

Shuningdek, “Zakovat” intellektual o‘yinida ham jamoamiz faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi 🏆

Bundan tashqari, zavodning sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi xizmati hamda harbiylashgan gazdan qutqaruv otryadi mutaxassislari ko‘rgazmali qismni yuqori darajada tashkil etganliklari uchun “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email