“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filialida 9 may — “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan “Burch, jasorat, matonat!” mavzusida ma’naviyat soati tashkil etildi.
Tadbirda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining dotsenti Akmal Tursunov ham o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari hamda vatan tinchligi yo‘lida xizmat qilgan insonlarning jasorati va fidoyiligi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, tinchlik va osoyishtalikning qadri, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv ishtirokchilarda tarixga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat va yurt ravnaqi uchun daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: