🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-apreldagi “9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-139-son qaroriga muvofiq «Hududgaz Namangan» gaz ta’minoti filiali majlislar zalida 12 nafar Afg’on urushi qatnashchilari ishtirokida «Xotira-muqaddas, qadr-abadiy» mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Filial direktori I.Mamadjanov tadbirda ishtirok etib, xodimlar bilan sog’-salomat uchrashib turganligidan mamnunligini ta’kidlab, tadbir ishtirokchilari samimiy muborakbod etdi hamda boshlang’ich kasaba uyushmasi raisi A.Sobirov bilan Afg’on urushi qatnashchilariga esdalik sovg’alarini topshirdi.

❇️ Uchrashuvda mehmonlarimiz Afg’on urushi davridagi xizmatlari urush paytida halok bo’lgan do’stlarini yodga olishiib, bugungi tinch va osoyishta kunlarimiz uchun shukr qilish lozimligini ta’kidlab o’tishdi.

Print Friendly, PDF & Email