1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “O‘zbekgeofizika” AJning Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filialida kasaba uyushmasi tomonidan bolajonlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida bolalar uchun turli qiziqarli o‘yinlar, quvnoq raqslar hamda ko‘ngilochar dasturlar uyushtirildi. Bayramona kayfiyatda o‘tgan tadbir bolajonlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Tadbir yakunida barcha bolajonlarga turli xil o‘yinchoqlar sovg‘a qilindi. Bolalarning quvonchi, samimiy tabassumi va sho‘x kulgisi bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Farzandlarimizning baxtli, sog‘lom va bilimli bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida bunday ezgu tadbirlar kelgusida ham davom ettiriladi.

Print Friendly, PDF & Email