“Muborak IEM” filialida xotin-qizlar qo‘mitasi raisi saylandi
“Muborak IEM” filialida xotin-qizlar qo‘mitasi raisini saylash yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda filial direktori N.A. Radjabov, 45 nafar xotin-qizlar hamda tashkilot mutasaddilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda xotin-qizlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish va gender tenglikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masalaga ko‘ra, Metrologiya xizmati muhandisi Qurbonova Qunduz To‘raqulovna nomzodi ilgari surilib, bir ovozdan xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib saylandi.
Shuningdek, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: