✔️“Sport kuni” Andijon magistral elektr tarmoqlari filialida o‘tkazildi
⚽️Andijon magistral elektr tarmoqlari filiali tasarruffidagi podstansiyalar xizmati «Xonobod» va «Buloqboshi» guruhi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida “Sport kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida xodimlar mini futbol, shaxmat va shashka musobaqalarida faol ishtirok etdilar. Sport tadbiri ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Bunday tadbirlar xodimlarning jismoniy faolligini oshirish, salomatligini mustahkamlash hamda mehnat samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: