“Angren IES” AJda xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan futbol bo‘yicha sexlararo musobaqa o‘z yakuniga yetdi
Musobaqa davomida korxonaning turli sex va bo‘limlari jamoalari yuqori sport mahorati va g‘alabaga bo‘lgan intilishni namoyon etib, murosasiz bahslarda ishtirok etdilar.
Final uchrashuvida Boshqarma xodimlari jamoasi hamda Elektro sex jamoasi maydonga tushdi.
Mazkur sport tadbiri xodimlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sportni keng targ‘ib etish va korporativ jamoa ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email