“O‘zbekko‘mir” AJning “Kapital qurilish-montaj ishlari va ijtimoiy soha” filiali faollar zalida mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi
Tadbirda siyosiy sharhlovchisi Q. Karimbekov ishtirok etib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar yuzasidan ma’ruza qildi.
Tadbir davomida “O‘zbekko‘mir” AJ “Idoraviy qo‘riqlash” filiali qo‘riqchisi U. Qurbonov O‘zbekkonsert muassasasi tomonidan “O‘z sohasining tashabbuskori” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani munosabati bilan Jamiyat rahbariyati tomonidan samimiy tabriklanib, kelgusi faoliyatiga ulkan yutuqlar va omad tilandi.
Tadbir yakunida “Muqimiy” nomidagi davlat musiqali teatri aktyori N. Mamatov ijrosida dilbar kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: