ESG reytingidagi ijtimoiy ko‘rsatkichlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
«O‘zbekneftgaz» AJning ESG reytingini shakllantirish doirasida Respublika energetika, neft-gaz sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi bilan hamkorlikda ESG mezonlarining «S — Social (Ijtimoiy)» yo‘nalishi bo‘yicha asosiy tamoyillari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida kasaba uyushmalari faoliyatining Kompaniyaning ESG baholashidagi muhim ijtimoiy ko‘rsatkichlarga ta’siri atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ESG yo‘nalishi uchun mas’ul tuzilmalar hamda kasaba uyushmalari o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish, ijtimoiy yo‘nalishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro tizimli hamkorlikni yanada rivojlantirish, ESG baholash jarayoni uchun tasdiqlovchi ma’lumotlarni birgalikda shakllantirish hamda Kompaniyaning ijtimoiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiluvchi qo‘shma chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Mazkur hamkorlik «O‘zbekneftgaz» AJning ESG reytinglaridagi pozitsiyalarini mustahkamlash va korporativ ijtimoiy mas’uliyat sohasidagi faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: