«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»
«O‘zbekko‘mir» AJ Ijro apparati sport zalida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» bosh g‘oyasi asosida sportning 5 turi bo‘yicha spartakiadaga start berildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
Musobaqada jamiyatning barcha filiallaridan ishchi-xodimlar faol ishtirok etmoqda. Spartakiada doirasida mini-futbol, shaxmat, shashka, voleybol hamda stol tennisi bo‘yicha bellashuvlar tashkil etilmoqda.
Mazkur sport musobaqalari ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: