Yangi Oʻzbekistonning yangi kasaba uyushmalari
“Uzbekistan GTL” masʼuliyati cheklangan jamiyatida 2021-yildan boshlab har yili 11-noyabr “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayram sifatida keng noshonlanib kelinmoqda. Joriy yil noyabr oyining birinchi dekadasi “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun” degan gʻoya asosida “Yangi Oʻzbekistonning yangi kasaba uyushmalari oʻn kunligi” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etilib, tadbirlar rejasiga asosan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
“Uzbekistan GTL” MCHJ xodimlari uchun dastlab madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, tadbirlar rejasiga asosan “Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi” Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlimi jamoasining konsert dasturi, keyinchalik “Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri” jamoasining bayram dasturi namoyish etildi.
“Uzbekistan GTL” MCHJ xodimlari boshlangʻich kasaba uyushma tashkilotining Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Ustavi asosida faoliyat olib borishida oʻzlarining munosib hissasini qoʻshgan 27 nafar sex kasaba uyushma qoʻmitasi faollari “11-noyabr Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan “Uzbekistan GTL” MCHJ va Kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
“Uzbekistan GTL” masʼuliyati cheklangan jamiyati xodimlari kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan jamiyat xodimlarini mehnat munosabatlarida ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfatlarini himoya qilish bilan bir qatorda ommaviy sportga jalb qilish orqali ularning boʻsh vaqtlarini zermazmun oʻtkazishlarini taʼminlash va sogʻlomlashtirish ishlariga ham alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda, jumladan, jamiyat xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish orqali mehnat faoliyati samaradorligini oshirish, kasb kasalliklaridan sport asoslari orqali muhofaza qilish, xodimlarning ayniqsa yoshlarning sportning ommaviy turlariga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida sportning futbol, voleybol, marafon (3 km masofa), stol tennisi, turnik va brusda tortilish, shaxmat, Play Station-3 hamda Counter strike turlari boʻyicha sport musobaqalari tashkil etilib, ushbu musobaqlarda jami 554 nafar xodim ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga koʻra gʻolib deb topilgan 90 nafar sportchiga “Uzbekistan GTL” masʼuliyati cheklangan jamiyati va kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan taʼsis etilgan maxsus mukofotlar va Sertifikatlar berildi.
“Uzbekistan GTL” masʼuliyati cheklangan jamiyatida mehnat qilayotgan xodimlarni, ayniqsa iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb etish, ushbu oʻyinlarning tashkil qilinishini qoʻllab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Zakovat-3” intellektual oʻyinlari tashkil etilib, oʻyinlarda 21 ta jamoada jami 147 nafar xodim ishtirok etdi. Oʻyin yakunida gʻolib boʻlgan jamoalar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Manba: “Uzbekistan GTL” MCHJ KUQ
O‘zbekiston enrgetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: