💠 Futzal bo‘yicha Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri kubogi musobaqasi o‘tkazildi
2026-yil 6-iyun kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport majmuasida Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri kubogi uchun futzal musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar xodimlaridan iborat 18 ta jamoa ishtirok etdi.
Turnir davomida jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechdi. “Navoiyuran” DK, “O‘zbekko‘mir” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ hamda boshqa jamoalar g‘oliblik uchun maydonga tushdi.
Musobaqaning final uchrashuvi “Navoiyuran” DK va “O‘zbekko‘mir” AJ jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Asosiy vaqt 3:3 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi va unda “Navoiyuran” DK jamoasi ustun kelib, musobaqa chempioniga aylandi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni “O‘zbekko‘mir” AJ, uchinchi o‘rinni esa “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ jamoasi egalladi.
Taqdirlash marosimida Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islamov g‘olib va sovrindorlarga kubok hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi. Musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoalar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash va xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: