Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali hamda Boshlang’ich Kasaba uyushmasi tomonidan tizimda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning farzandlari Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi “Zangori olov” oromgohiga yuborildi.

52 nafar bolajonlarning maroqli dam olishlari va sog’lomlashtirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tashabbus ularning dunyoqarashini shakllantirish barobarida faolligini oshirish uchun ham xizmat qilishi shubhasiz.

O’zining betakror manzarasi, ob-havosi hamda zamonaviy infratuzilmasiga ega bo’lgan ushbu dargohda bolajonlar uchun yaxshigina sharoitlar yaratilgan. Tashkil etilayotgan turli xil qiziqarli o’yinlar, mashg’ulotlar esa barcha bolajonlarni bir maqsad sari birlashtirmoqda.

Print Friendly, PDF & Email