Energetiklar uchun madaniy hordiq tashkil etildi
29.03.2022y.“Issiqlik elektr stansiyalari” tomonidan e’lon qilingan “Inson qadri uchun!” aksiyasi doirasida tizim korxonalari xodimlari uchun madaniy hordiqlar tashkillashtilimoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 26 maydagi PF-6000- sonli “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o’rni va ta’sirini yanada oshirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni hamda “Inson qadri uchun” tamoyili ijrosini ta’minlash maqsadida “Issiqlik elektr stansiyalari” tizim korxonalari tomonidan qator ishlar amalga oshirilimoqda.
Jumladan, “Farg’ona IEM” va “Sirdaryo IES” korxonalari kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan ishchi-xodimlarning ishdan tashqari dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida teatr tashriflari tashkil etildi. Farg’onalik energetiklar uchun Islom Karimov nomidagi Farg’ona viloyati teatr va konsert saroyida, komediya janridagi “erginamning orzusi” spektakli namoyish etilgan bo’lsa, Sirdaryolik soha vakillari uchun “Teatr tamoshalari haftaligi” doirasidagi “Jinni bo’lish hech gapmas” spektakli namoyish etildi.
Shu turdagi tadbirlar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga qarashli barcha korxonalarda faoliyat yurituvchi kasaba uyushmasi qomitalari tomonidan ishlab chiqilgan rejaga asosan tashkil etilmoqda.
Manba: «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ KUQ matbuot xizmati
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: