To‘raqo‘rg‘on IES Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan yoz mavsumining birinchi kuni “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Bolalarga bering dunyoni!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda sport musobaqalari tashkil qilindi. 

Unda dastlab yosh va jajji bolalar ishtirokida asfaltga rasm chizish bo‘yicha ko‘rik-tanlov tashkil qilindi. Tanlovda qatnashgan bolalar o‘z taffakkurlaridagi mavzu yuzasidan o‘z dunyoqarashlarini rasmlarda namoyish etdilar.

Stansiya xodimlarining 8-15 yoshdagi farzandlari ishtirokida tuzilgan jamoalar o‘rtasida futbol musobaqasi, turli yoshdagi bolalar jamoalari o‘rtasida esa arqon tortish bo‘
yicha qizgʻin musobaqalar o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida bolalar tomonidan she’rlar o‘qildi, raqslar ijro qilindi.  

Bayram tadbirlarida ishtirok etgan barcha bolalarga tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari topshirildi. 

Print Friendly, PDF & Email